Elektron hujjat aylanishi va tasdiqlash jarayonlari
Hujjat yaratish, kelishish, imzolash va arxivlash - qog'ozsiz.
- Hujjat shablonlari va avtomatik raqamlash
- Kelishuv marshrutlari va navbat bilan tasdiqlash
- E-IMZO orqali elektron imzo
Tashkilot ish jarayonini to'liq qamrab olgan, rollarga asoslangan yagona tizim.
Axborot tizimi - tashkilotning "asab tizimi". U bo'limlar orasidagi ma'lumot uzatishni qog'ozdan tizimga ko'chiradi va har bir harakatni o'lchanadigan qiladi.
Biz tizimni modul-modul yetkazamiz: birinchi bosqichda eng og'riqli jarayon avtomatlashtiriladi, keyin qolganlari qo'shiladi. Shu tufayli natija birinchi oydan ko'rinadi.
Kim, qanday ishni, qanday qilib bajarayotganini aniqlaymiz. Muammoning haqiqiy sababini topmasdan dasturlashni boshlamaymiz.
Bir necha variant taqqoslanadi: nima kerak, nima keraksiz, qaysi bosqichda nima qilinadi. Taklifda muddat va budjet ko'rsatiladi.
Ekranlar va jarayonlar tasvirlanadi. Prototipni ko'rib, dasturlashdan oldin o'zgartirish kiritish mumkin - bu eng arzon bosqich.
Interfeys xodim va mijoz uchun tushunarli bo'lishi kerak. Brend uslubi, mobil ko'rinish va qulaylik hisobga olinadi.
Ishni qismlarga bo'lib bajaramiz: har 1-2 haftada ishlaydigan natijani ko'rsatamiz. Tashqi servislar ulanadi.
Funksional, yuklama va xavfsizlik sinovlari. Ma'lumotlar ko'chiriladi, tizim ishchi muhitga chiqariladi.
O'qitish, qo'llanma va video ko'rsatmalar. Har bir rol uchun alohida tushuntirish beriladi.
Nosozliklarni tuzatish, yangilanishlar, yangi modullar va konsultatsiya - shartnoma asosida.
Hujjat yaratish, kelishish, imzolash va arxivlash - qog'ozsiz.
Fuqaro yoki mijoz murojaatini qabul qilish, taqsimlash va javob berish.
Ichki va tashqi funksiyalarni bir tizimga bosqichma-bosqich ko'chirish.
O'zbekiston bo'ylab davlat tashkilotlari, biznes vakillari va tadbirkorlar bilan hamkorlikka tayyormiz.