VT VEROTECH
XizmatlarAI yechimlarLoyihalarNarxlarJarayonBiz haqimizdaBlog Aloqa Bepul konsultatsiya
Bosh sahifa/ Blog/ Tashkilotni raqamlashtirishni qaysi jar…
RaqamlashtirishStrategiya

Tashkilotni raqamlashtirishni qaysi jarayondan boshlash kerak?

VEROTECH · 14 avgust, 2026 · 7 daqiqa oqish · 63 marta ko`rilgan
Tashkilotni raqamlashtirishni qaysi jarayondan boshlash kerak?

Hammasini bir vaqtda avtomatlashtirishga urinish - eng ko'p uchraydigan xato. Qaysi jarayondan boshlash kerakligini aniqlashning amaliy usuli.

Ko'p tashkilot raqamlashtirishni "katta tizim" g'oyasidan boshlaydi: hamma bo'lim, hamma jarayon, bitta dasturda. Amalda bunday loyihalar cho'ziladi, budjet oshadi va xodimlar eski usulga qaytadi.

To'g'ri yo'l - eng ko'p "og'riq" beradigan bitta jarayonni tanlash. Buni aniqlash uchun uch savolga javob bering: qaysi ish eng ko'p takrorlanadi, qaysi ishda eng ko'p xato bo'ladi va qaysi ma'lumotni rahbar eng ko'p so'raydi.

Amalda birinchi bo'lib odatda quyidagilar tanlanadi: hujjat kelishuvi, murojaatlar qabuli, ombor qoldig'i yoki topshiriqlar nazorati. Ularning umumiy xususiyati - natija birinchi oydan ko'rinadi.

Birinchi modul ishga tushgach, xodimlar tizimga ishonch bildiradi. Shundan keyin keyingi bosqichlarni joriy etish ancha oson kechadi - qarshilik kamayadi, talablar aniqlashadi.

Xulosa: raqamlashtirish - bu bitta katta dastur emas, ketma-ket bosqichlar. Har bosqich o'zini oqlashi kerak.

Shunday tizim sizga ham kerakmi?

Bepul konsultatsiyada muammoni muhokama qilamiz.

Bogʻlanish

Boshqa maqolalar

Telegramda yozish